logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kilian Mbappe mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi

 27 APREL, 2026, 05:42

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan o'yinlarini jarohat sabab o'tkazib yuboradi. Bu haqda El Chiringuito TV ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasi orqali xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Mbappening jarohati dastlab o'ylanganidan ko'ra jiddiyroq chiqqan. Qayd etilishicha, klub frantsuz futbolchisining holati bo'yicha rasmiy bayonotni bugun, 27 aprel kuni e'lon qiladi.

Avvalroq Mbappeda chap oyoq orqa son mushagida ortiqcha zo'riqish aniqlangani xabar qilingan edi. Frantsuz futbolchisi Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan «Betis»ga qarshi bahsda (1:1) 81-daqiqada almashtirilgandi.

Joriy La Liga mavsumida Mbappe 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Shuningdek, u fevral—mart oylarida tizza bilan bog'liq muammolar sabab «qaymoqranglilar»ning bir nechta o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi. O'sha davrda 27 yoshli hujumchi 5 ta uchrashuvda ishtirok etmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ