logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya kubogi. «Chelsi» «Lids Yunayted»ni mag'lub etib, finalga chiqdi (videosharh)

 26 APREL, 2026, 22:42

Angliya kubogi yarim finalidan o'rin olgan bahsda «Chelsi» va «Lids Yunayted» o'zaro to'qnash keldi. Londonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa finaliga yo'l oldi.

Uchrashuv London shahridagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tdi. O'yindagi yagona golni 23-daqiqada Entso Fernandes kiritdi.

Shu tariqa, «Chelsi» Angliya kubogi finalida 16 may kuni «Uembli» stadionida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur sovrinni eng ko'p qo'lga kiritgan jamoa — Londonning «Arsenal» klubi hisoblanadi. «Kanonirlar» Angliya Kubogida 14 marta g'olib bo'lgan. Ikkinchi o'rinda «Manchester Yunayted» (13), uchinchi pog'onani esa «Liverpul», «Tottenxem Xotspur» va «Chelsi» (8 tadan) bo'lishib turibdi.

Angliya kubogi, yarim final
26 aprel 2026 yil, yakshanba
«Chelsi» — «Lids Yunayted» 1:0
Gol: Entso Fernandes 23 (1:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ