logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

 26 APREL, 2026, 17:42

Hujumchi Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etadi. Bu haqda bir muncha vaqt oldin rasman e'lon qilingan edi.

So'nggi yillarda matbuot Salohning Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o'tishi haqida ko'p bora yozdi. Endilikda Muhammad bir necha yildan buyon Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan «An-Nasr» klubiga o'tishi mumkin.

Mashhur Goal portalining Okaz nashriga tayanib xabar berishicha, «An-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush klubning yozda Salohni sotib olishga bo'lgan urinishiga «yashil chiroq» yoqqan. Mutaxassis misrlik futbolchini o'z taktik chizmalariga kiritishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, shu yilning iyun oyida Muhammad Saloh o'zining 34 yoshini qarshi oladi.


Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ