logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«To'pni menga ber!»: Xavi Messining maydondagi talabchanligi haqida so'zlab berdi

 26 APREL, 2026, 14:00

«Barselona»ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes Lionel Messi bilan birga o'ynagan kezlarini yodga oldi. Ispaniyalik va argentinalik yulduzlar uzoq yillar davomida «ko'k-anorranglilar» sharafini birga himoya qilishgan.

Messining Xavi va Inesta bilan tashkil etgan bog'lami hanuzgacha futbol tarixidagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblanadi, biroq hatto ushbu afsonaviy trioda ham doim ham hamma narsa ideal bo'lmagan.

«Ba'zida boshqa futbolchilarga pas bersam, Messi mendan xafa bo'lardi. U oldimga kelib: «Hey, nima qilyapsan? To'pni menga ber! Yaqinroq kel, men bilan o'yna», — derdi», — deya Xavining so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o'tamiz, Xavi «Barsa»ni 2015 yilda tark etgan, keyinchalik esa u erga murabbiy sifatida qaytgan edi.

Lionel Messi Kataloniya klubidan 2021 yilda ketgan. Hozirda u «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ