logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Subimendini Ispaniyaga qaytarmoqchi

 26 APREL, 2026, 13:36

«Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini «Real Madrid»da davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi yozgi transfer oynasi oldidan futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

«Qaymoqranglilar» o'yinchining taktik fikrlashidan hayratda qolgan. «Real» rahbariyati allaqachon Subimendining ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda, chunki klub tarkibni uzoq muddatli kuchaytirishni rejalashtirgan.

Martin Subimendi 2025 yilda 70 million evro evaziga «Real Sosedad»dan «Arsenal»ga o'tgan edi. Uning «kanonirlar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi London klubi safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ