Makfarlen: «Bitta g'alaba «Chelsi»dagi vaziyatni tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin»
26 APREL, 2026, 13:12
«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Kalum Makfarlen jamoaning so'nggi muvaffaqiyatsizliklari haqida gapirdi. «Ko'klar» oxirgi sakkizta o'yinda ettita mag'lubiyatga uchrashdi, bu esa Liam Rosenorning iste'fosiga sabab bo'ldi.
Yakshanba kuni londonliklar vaqtinchalik murabbiy boshchiligida Angliya Kubogi yarim finali doirasida «Uembli» stadionida «Lids» bilan to'qnash kelishadi.
«Bizda omadsiz seriya kuzatildi, ammo futbolda ko'p narsani ruhiy ko'tarilish hal qiladi. Bitta ijobiy natija, bitta muvaffaqiyatli o'yin hamma narsani o'zgartirib yuborishi mumkin — biz aynan shundan umid qilyapmiz», — deya jurnalist Bobbi Vinsent Makfarlenning so'zlarini keltiradi.
«Lids»ga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
