logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Ishni oxiriga etkazish kerak»: Ian Rayt «Arsenal»ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida

 26 APREL, 2026, 12:12

Mashhur sobiq futbolchi Ian Rayt Londonning «Arsenal» klubi Premer-liga doirasida «Nyukasl» ustidan qozonilgan g'alabasi (1:0) haqida fikr bildirdi. «Kanonirlar» 9-daqiqada Eberechi Eze tomonidan kiritilgan gol evaziga zafar quchishdi.

Mikel Arteta jamoasi «Manchester Siti»ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda yana turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi, biroq «shaharliklar» o'z o'yinini keyinroq o'tkazishadi.

«Biz osonlik bilan g'alaba qozonayotganimiz yo'q — muvaffaqiyatlar qiyinchilik bilan kelmoqda. Ammo mavsumning bu bosqichida ishni shunchaki oxiriga etkazib qo'yish kerak. Bu safar vazifa bajarildi, lekin raqib o'yinga yomon holatda etib kelgani bizga qo'l keldi. «Nyukasl» muxlislari o'rnida bo'lganimda juda xafa bo'lardim, ammo «Arsenal» uchun xursandman», — deya Raytning so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Chorshanba kuni, 29 aprel kuni London grandi Madridda Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ