logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» «Chelsi» futbolchisi orqali hujum markazini kuchaytirmoqchi

 26 APREL, 2026, 12:06

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» forvardni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida braziliyalik futbolchini sotib olishga urinib ko'rmoqchi.

Joao Pedro 2025 yilda 63 million evro evaziga «Brayton»dan «Chelsi»ga o'tgan edi. Uning «ko'klar» bilan shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi London klubi safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 75 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ