logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» yulduzi chempionlik poygasi va EChLdagi bosimga to'xtaldi

 26 APREL, 2026, 12:00

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Eze jamoaga bo'layotgan bosim haqidagi savolga javob berdi. «Kanonirlar» Premer-ligada chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda, shuningdek, Chempionlar ligasida ham g'oliblikka da'vogarlik qilishmoqda — ular allaqachon yarim finalga qadar etib kelishgan.

Shanba kuni londonliklar o'z maydonlarida chempionat doirasidagi bahsda «Nyukasl»ni mag'lub etishdi (1:0).

«O'zimizga o'zimiz o'tkazayotgan bosim tashqi tomondan bo'layotgan bosimdan ko'ra ancha kuchliroq. Ammo aytishim mumkin bo'lgan gap shuki, bu g'alabalar uchun zarur. Hozir hamma narsa garovda turibdi. Bu muammo emas. Biz shunday holatda ekanimizdan mamnunmiz», — deya Sky Sports nashriga bergan intervyusida ta'kidladi «qarg'alar» bilan o'yinda yagona gol muallifi bo'lgan Eze.

Chorshanba kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ga qarshi dastlabki yarim final o'yinini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ