Fabritsio Romano Alvaresning «Barselona»ga transferi bo'yicha yangi tafsilotlar bilan bo'lishdi
26 APREL, 2026, 11:42
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Barselona»ning transfer maqsadi bo'lib qolmoqda. Mashhur insayder Fabritsio Romano Kataloniya grandining niyati jiddiy ekanini tasdiqladi, biroq yaqin orada vaziyatga oydinlik kiritilmasligiga sha'ma qildi.
Ayni damda argentinalik futbolchi bor e'tiborini Chempionlar ligasiga qaratgan, u erda jamoasi yarim finalda Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bahs olib boradi. Qayd etilishicha, «Barselona» 26 yoshli forvardni sotib olish uchun «faol harakat qilmoqda», shu bilan birga, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati moliyaviy jihatdan bu kelishuvni amalga oshirish qanchalik qiyin bo'lishini yaxshi tushunib turibdi.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, Alvaresning bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.
