logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xavi «Barselona»dagi muvaffaqiyatsizligi sababini aytdi

 26 APREL, 2026, 11:24

Murabbiy Xavi Ernandes «Barselona»da ishlagan vaqtida yo'l qo'ygan xatosi haqida so'zlab berdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoani 2021 yilning kuzida qabul qilib olgan va 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra uzoq kutilgan La Liga chempionligiga etaklagan edi. Xavining tan olishicha, aynan shundan so'ng u bo'shashishga yo'l qo'ygan.

«Dastlabki bir yarim yil ichida men o'ta talabchan edim. Futbolchilardan, ayniqsa, klub prezidenti Joan Laportadan ko'p narsa talab qilardim. La Liga va Ispaniya Superkubogidagi g'alabadan so'ng, o'zim ham sezmagan holda bo'shashdim va talabni pasaytirib yubordim. Bunday holat kelajakda takrorlanmasligi kerak», — deya Xavining so'zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.

Eslatib o'tamiz, afsonaviy sobiq yarim himoyachi 2024 yilning may oyida bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o'rnini Xans-Diter Flik egallagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ