logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saka jarohatidan sog'ayib, maydonga tushgani haqida fikr bildirdi

 26 APREL, 2026, 09:12

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Bukayo Saka jarohatidan so'ng maydonga qaytdi. 24 yoshli futbolchi Premer-liga doirasida shanba kuni «Nyukasl»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv «kanonirlar»ning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi, yagona golga esa 9-daqiqadayoq Eberechi Eze mualliflik qildi.

«Yana bir qadam tashlandi — oldinga intilishda davom etamiz. Maydonga qaytganimdan juda xursandman», — deb yozdi Saka bahs yakunlangach o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Ushbu g'alabadan so'ng «Arsenal» «Manchester Siti»ni uch ochkoga ortda qoldirib, yana turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. «Shaharliklar»da esa bitta zaxira o'yini mavjud.

Bukayo Saka 22 martdan beri ilk bor maydonga tushdi — u jarohati sababli bir oydan ortiq vaqt davomida jamoasiga yordam bera olmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ