logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rays: «Uni aynan shunday vaziyatlar uchun sotib olishgan»

 26 APREL, 2026, 08:36

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays jamoadoshi Eberechi Ezening shanba kuni Premer-liga doirasida «Nyukasl»ga qarshi o'yinda urgan golini yuqori baholadi.

27 yoshli angliyalik futbolchi «qarg'alar» bilan bahsning 9-daqiqasida uchrashuvdagi yagona golni kiritishga muvaffaq bo'ldi.

«Menimcha, uning «Bayer»ga urgan goli bundan ham chiroyliroq edi, lekin bu ham ajoyib chiqdi. Uni aynan shuning uchun sotib olishgan. Bir necha hafta oldin uning zarbasi dahshatli ekanini aytgandim. Ajoyib o'yinchi, yaxshi inson — u mavsumning hal qiluvchi bahslarida bizga juda katta yordam beradi», — deya Raysning so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.

Eslatib o'tamiz, Eberechi Eze uchrashuvning 53-daqiqasida jarohat tufayli Gabriel Martinelliga almashtirildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ