logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xavi: "Laporta Messini qaytarishni istamadi!"

 26 APREL, 2026, 08:30

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaga sobiq yulduzlarni qaytarish borasida qanday ish olib borgani haqida so'zlab berdi.

«Men Dani Alvesni qaytarishga muvaffaq bo'ldim, shuningdek, Neymar, Pedro va Messini ham ortga qaytarishga harakat qildim. Iqtisodiy sabablarga ko'ra Neymar va Pedro bilan shartnoma imzolay olmadik. Messi masalasiga keladigan bo'lsak, kelishuv allaqachon tayyor edi, biroq Joan Laporta uni qaytarishni istamadi», — dedi Xavi o'z intervyusida.

Ispaniyalik mutaxassis «ko'k-anorranglilar» boshqaruvida 2021 yil oktyabridan 2024 yil mayigacha ishladi. U aynan klub prezidenti Laporta bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli iste'foga chiqarilgan edi. Xavi o'tmishda uzoq yillar davomida «Barselona» sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ