logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

World Boxing kubogi. Ikki sportchimiz finalga chiqdi

 26 APREL, 2026, 08:30

World Boxing tashkiloti kubogi doirasida yarim final janglari bo'lib o'tdi. Uch nafar bokschimiz ringga ko'tarilib, ularning ikki nafari final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

-48 kg vaznda bo'lib o'tgan yarim finalda Farzona Fozilova ispaniyalik Marta Lopezga imkon qoldirmadi — 5:0.

World Boxing kubogining yarim final bahslarida -65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova angliyalik Sacha Xiskeyga qarshi ringga ko'tarildi.  Qiziqarli kechgan jangda Hamidova raqibasini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.

World Boxing kubogida  +90 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov yarim final bahsida bizga yaxshi tanish bo'lgan va anchagina jiddiy raqib, armanistonlik David Chaloyanga qarshi ringga ko'tarildi. Murosasiz kechgan jangda, afsuski, hakamlar Chaloyanning 3:2 hisobidagi g'alabasini e'tirof etishdi va Zokirov bronza medali bilan cheklandi.

Natijalar bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Marta Lopez (Ispaniya) - 5:0

-65 kg: Navbahor Hamidova - Sacha Hiskey (Angliya) - 3:2

+90 kg: Jahongir Zokirov - Davit Chaloyan (Armaniston) - 2:3

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ