World Boxing Kubogi. Ikki bokschimiz finalda, uchinchisida bronza!
26 APREL, 2026, 07:48
Braziliyaning Foz de Iguasu shahri World Boxing tashkiloti kubogining 2026 yilgi birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda.Ushbu nufuzli musobaqada Elshod Rasulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi himoya qilayotgandi. Ulardan -51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Feruza Kazakova germaniyalik Maksi Klozega 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini medalsiz yakunladi.
Qolgan uch bokschimiz Braziliyadan medal bilan qaytadigan bo'ldi. -48 kg vazn toifasidagi bokschimiz Farzona Fozilova 1/2 finalda ispaniyalik Marta Lopezni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi ayol sportchisi Navbahor Hamidova murosasiz kechgan 1/2 final jangida angliyalik Sacha Xiskeyni qiyinchilik bilan 3:2 hisobida taslim etdi.
Afsuski, og'ir vazndagi charm qo'lqop ustamiz Jahongir Zokirov 1/2 finalda armanistonlik tajribali raqib David CHaloyanga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, Jahon Kubogidagi ishtirokini bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
