logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Klopp nima uchun “Real” taklifini qabul qilmayapti?

 26 APREL, 2026, 07:36

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Alvaro Benito nima uchun germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp “qirollik klubi” bosh murabbiyiga aylanmasligi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Marca nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Benitoning ta'kidlashicha, Kloppning o'ziga xos va murakkab o'yin uslubi Madrid klubidagi talablarga mos kelmasligi mumkin.

“Men uning ish uslubini sinchiklab o'rganganman. Bir safar Klopp yangi jamoaga kelgan ilk yilida odatda natija ko'rsatish qiyinligini aytgan edi. Uning o'yin uslubi mashg'ulotlarda shunday katta jismoniy yuklama talab qiladiki, bunga chiday olmagan ba'zi o'yinchilar jarohat oladi, boshqalari esa tarkibdan tushib qoladi. Faqat shundan keyingina u o'ziga mos keladigan futbolchilarni saralab, keyingi mavsumga jamoa tuza oladi”, deydi Benito.

Sobiq futbolchining fikricha, “Real” rahbariyati germaniyalik murabbiyga bunday uzoq vaqt va tajribalar uchun imkoniyat bermaydi:

“U ‘Real’ga kelmaydi. Sababi Klopp jamoani faqat o'z qoliplari asosida boshqaradi. Madridda esa unga bunday erkinlik berilmaydi. Agar murabbiyga o'z g'oyalarini to'liq amalga oshirishga qo'yib berishmasa, uning o'ziga xos uslubidan nima foyda?​

Ma'lumot uchun, Yurgen Klopp 2023/24-yilgi mavsum yakunida charchoq sababli “Liverpul”ni tark etgan edi. U klubda sakkiz mavsum davomida beshta yirik sovrin, jumladan, Chempionlar Ligasi va Premer Ligada zafar quchdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ