logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» burchak to'plaridan urilgan gollar soni bo'yicha APL rekordini o'rnatdi

 26 APREL, 2026, 07:12

Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan bahsda Londonning «Arsenal» jamoasi o'z maydonida «Nyukasl Yunayted»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va liga tarixida bir mavsumda burchak to'plaridan eng ko'p gol urgan jamoaga aylandi.

Uchrashuvdagi yagona golni 9-daqiqada Eberechi Eze kiritdi.

Opta Sports statistika portali ma'lumotiga ko'ra, «Arsenal» joriy mavsumda burchak to'plari kombinatsiyalaridan 17 ta gol urdi va bu APL rekordi hisoblanadi. Bungacha bir mavsumda 16 tadan shunday golni «Oldxem» (1992/1993), «Vest Bromvich» (2016/2017) hamda «Arsenal»ning o'zi (2023/2024) amalga oshirgan edi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Arsenal» 73 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. «Nyukasl Yunayted» esa 42 ochko bilan 14-pog'onada joylashgan.

Angliya — Premer-liga, 34-tur
25 aprel 2026 yil, shanba
«Arsenal» (London) — «Nyukasl Yunayted» (Nyukasl-apon-Tayn) 1:0
Gol: Eze 9 (1:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ