logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Al-Ahli» ketma-ket ikkinchi bor Elit OChLda g'olib chiqdi

 26 APREL, 2026, 00:06

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida futbol bo'yicha Osiyo Elit Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda mezbonlarning «Al-Ahli» klubi Yaponiyaning «Machida Zelviya» jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur muhim uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi muvaffaqiyatli boshqarib bordi.

O'yinning asosiy vaqtida har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob ochilmadi. G'olib nomini aniqlash uchun belgilangan qo'shimcha bo'limlarning birinchisida saudiyaliklar o'z maqsadiga erishdi. 96-daqiqada Firas al-Buraykan tomonidan kiritilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi.

Shu tariqa, «Al-Ahli» o'z tarixida ketma-ket ikkinchi bor qit'aning eng nufuzli klublar turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Osiyo Elit Chempionlar ligasi. Final
«Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) — «Machida Zelviya» (Yaponiya) — 1:0
Gol: Al-Buraykan (96).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ