logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ayollar o'rtasidagi EChL: «Bavariya» va «Barselona» yarim finalning ilk bahsida durang qayd etdi

 25 APREL, 2026, 23:24

Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o'rin olgan «Bavariya» hamda «Barselona» jamoalari o'rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyalandi.

O'yinda hisob tezkorlik bilan ochildi: 8-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Eva Payor mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Myunxenliklar ikkinchi bo'limda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi — 69-daqiqada Frantsiska Kett gol muallifiga aylandi. E'tiborli jihati, gol urgan Kett 80-daqiqada qo'polligi uchun maydondan chetlatildi.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 3 may, yakshanba kuni Barselonadagi «Spotify Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, chorak finalda «Barselona» Madridning «Real» klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra 12:2 hisobida tor-mor etgan, «Bavariya» esa «Manchester Yunayted»dan (5:3) ustun kelgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ