logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn Levandovskining rekordini yangilashi qiyin bo'ladi

 25 APREL, 2026, 23:18

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Germaniya Bundesligasida sermahsullik namoyish etishda davom etmoqda. 31-tur doirasida kechgan «Maynts»ga qarshi bahsda (4:3) ingliz forvardi o'z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo'ydi.

Bu Keyn uchun joriy mavsum Bundesligadagi 33-gol bo'ldi. Endilikda futbol ishqibozlarini bir savol qiziqtirmoqda: Harri Keyn Robert Levandovskiga tegishli bo'lgan tarixiy rekordni yangilay oladimi?

Ma'lumot uchun, Germaniya chempionatida bir mavsumda gol urish bo'yicha mutlaq rekord «Bavariya»ning sobiq hujumchisi Robert Levandovskiga tegishli bo'lib, u 2020/21 yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 41 bor ishg'ol etgan edi. Joriy mavsum yakuniga qadar «Bavariya» yana 3 ta uchrashuv o'tkazadi. Demak, Keyn rekordni yangilashi uchun qolgan bahslarda kamida 9 ta gol urishi talab etiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ