logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» qiyin g'alabaga erishib, Angliya Kubogi finaliga chiqdi

 25 APREL, 2026, 23:18

Angliya Kubogining yarim final bosqichi doirasida «Manchester Siti» va «Sautgempton» jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Unda «shaharliklar» irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuvning asosiy qismida hisob ochilmadi. 79-daqiqaga kelibgina «Sautgempton» yarim himoyachisi Finn Eyzas kutilmaganda nominal mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq Xosep Gvardiola shogirdlari tezkorlik bilan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi: 83-daqiqada Jeremi Doku hisobni tenglashtirdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, Niko Gonsales «Manchester Siti»ga g'alaba keltiruvchi golni urdi — 2:1.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bu o'yinni zaxiradan kuzatdi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya Kubogining finaliga yo'l oldi. Jamoaning finaldagi raqibi 26 aprel, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan «Chelsi» hamda «Lids» jamoalari o'rtasidagi ikkinchi yarim final bahsidan so'ng ma'lum bo'ladi.

«MANChESTER SITI» — «SAUTGEMPTON» — 2:1

Gollar: Eyzas 79 (0:1), Jeremi Doku 83 (1:1), Gonsales 87 (2:1).

«Manchester Siti»: Trafford, Ait Nuri (O`Rayli, 71), Ake, Stouns, Mateus Nunes, Kovachich (Savio, 58), Gonsales, Reynders (Bernardu Silva, 86), Foden (Doku, 58), Sherki, Marmush (Xolann, 71).

«Sautgempton»: Perets, Velington (Matsuki, 77), Vud, Xervud-Bellis, Bri (Archer, 89), Fellous, Sienza, Yander, Bregg (Charlz, 61), Eyzas, Styuart (Larin, 61).

Ogohlantirish: Xervud-Bellis (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ