logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski La Ligada tarixiy ko'rsatkichni qayd etdi

 25 APREL, 2026, 22:00

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatida gol+pas tizimida o'z ochkolari sonini 100 taga etkazib oldi.

La Liganing 32-turi doirasida kechgan «Xetafe»ga qarshi bahsda (2:0) polshalik forvard Markus Reshfordga golli uzatma etkazib berdi. Bu Robert uchun Ispaniya birinchiligidagi 100-samarali harakat bo'ldi (81 ta gol va 19 ta assist).

Shu tariqa, Levandovski XXI asrda ushbu marrani zabt etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U mazkur natijani 37 yoshu 247 kunligida qayd etdi.

Ma'lumot uchun, Robert Levandovski 2022 yilning yozida Myunxenning «Bavariya» klubidan «Barselona» safiga kelib qo'shilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ