logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» 2026 yildagi ilk g'alabasiga qaramay, «xavfli hudud»da qolmoqda

 25 APREL, 2026, 21:42

Londonning «Tottenxem» klubi Angliya Premer-ligasining 34-turida «Vulverxempton» ustidan g'alaba qozongan (1:0) bo'lsa-da, hamon musobaqa jadvalining quyi qismida qolmoqda. Roberto De Dzerbi shogirdlarining muvaffaqiyati va «Vest Xem»ning «Everton» ustidan qozongan g'alabasi (2:1) turnir jadvalidagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

Ayni damda «shporlar» 34 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi. Ular jon saqlab qolish hududida borayotgan «Vest Xem»dan 2 ochko, «Nottingem Forest»dan 5 ochko va «Lids»dan 6 ochko ortda qolmoqda.

E'tiborli jihati, «Vulverxempton» bilan bahsdagi g'alaba «Tottenxem» uchun APL doirasida 2026 yil hisobidan birinchisi bo'ldi. Bungacha londonliklar yangi yilda 9 ta mag'lubiyat va 6 ta durang qayd etishgandi. Jamoa chempionatdagi oxirgi g'alabasini o'tgan yilning 28 dekabrida «Kristal Pelas»ga qarshi o'yinda qo'lga kiritgan edi.

Londonliklar navbatdagi turni 3 may kuni «Aston Villa»ga qarshi o'tkazadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ