logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Ular kompyuterda «futbol menejeri» o'ynashyapti» — Tim Shervud «Chelsi» rahbariyatini tanqid qildi

 25 APREL, 2026, 20:18

«Tottenxem» klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Tim Shervud «Chelsi»ning hozirgi boshqaruv tizimi haqida keskin fikr bildirdi.

Shervud Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida londonliklar rahbariyati futbolni tushunmaydigan insonlardan tashkil topganini ta'kidlagan.

«Ichki futbol jarayonlarini futbol odamlari boshqarishiga qo'yib bering. «Chelsi»da beshta sport direktori bor, lekin ularning hech biri ilgari futbol o'ynamagan. Agar men uy qurmoqchi bo'lsam, ilgari uy qurgan odamni chaqiraman, uy qura olaman deb o'ylaydigan odamni emas. «Chelsi» rahbariyati kompyuterda «futbol menejeri» o'yinini o'ynayotganga o'xshaydi», — deya ta'kidladi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining 34 turidan so'ng «Chelsi» 48 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog'onasini egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ