logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe tibbiy ko'rikdan o'tdi

 25 APREL, 2026, 19:06

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasi doirasida «Real Betis»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) orttirib olgan jarohati bo'yicha dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tdi.

DAZN nashrining xabar berishicha, bugun o'tkazilgan tekshiruvlar futbolchining chap oyoq son qismidagi noqulaylik darajasini baholashga qaratilgan. Dastlabki natijalar ijobiy chiqqan va jiddiy jarohat alomatlari aniqlanmagan. Klub tibbiyot xodimlari vaziyatni «mushaklarning haddan tashqari zo'riqishi» sifatida baholamoqda.

Shunga qaramay, «qirollik klubi» ehtiyot chorasi sifatida dushanba kuni hujumchini yana bir bor chuqurlashtirilgan MRT tekshiruvidan o'tkazadi. Shundan so'ng Mbappening tiklanish muddati va yaqin oradagi o'yinlarda ishtirok etish masalasiga to'liq oydinlik kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe «Betis» bilan o'yinning 80-daqiqasida og'riq his qilgani sababli zaxiraga olingan edi. Uning o'rniga maydonga Gonsalo Garsiya tushgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ