logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» sardori chempionlik yo'lidagi muhim o'yin haqida gapirdi

 25 APREL, 2026, 18:06

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarim himoyachisi Martin Edegor «Nyukasl»ga qarshi bo'lajak o'yin borasidagi kutishlari bilan o'rtoqlashdi. Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan bahs bugun, 25 aprel kuni «to'pchilar»ning uy stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 21:30 ga belgilangan.

«Biz ushbu bosqichda oldimizga qo'yilgan vazifani juda yaxshi tushunib turibmiz va oxirigacha kurashamiz. «Nyukasl»ga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Biz bu jamoaning kuchli ekanini bilamiz. Ammo maqsadimiz aniq: kurashni davom ettirish va g'alabaga erishish», — dedi norvegiyalik futbolchi.

O'tgan turdan so'ng Mikel Arteta jamoasi turnir jadvalidagi peshqadamlikni qo'ldan chiqardi. Londonliklar va «Manchester Siti» bir xil miqdorda ochko jamg'argan, biroq «shaharliklar» urilgan gollar soni bo'yicha oltin medallar uchun kurashda raqibidan ustunlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ