OAV: FIFA ligalarga bir mavsumda bitta o'yinni boshqa mamlakat hududida o'tkazishga ruxsat beradi
25 APREL, 2026, 16:12
FIFA Evropa ligalariga rasman bir mavsumda chempionatning bitta uchrashuvini boshqa davlat hududida o'tkazish huquqini berishi mumkin.
Guardian nashri xabar berishicha, FIFA ushbu yangilik ustida ish olib bormoqda va har bir mamlakat uchun boshqa davlat chempionatining ko'pi bilan beshta o'yinini qabul qilish huquqini belgilamoqchi.
2025/26 yilgi mavsumda La Liga va A Seriya Mayami hamda Pert hududida rasmiy uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirgan edi, ammo mahalliy hokimiyatdan rad javobini olgan.
Yangi protokolga ko'ra, boshqa mamlakat hududida rasmiy o'yin o'tkazish bo'yicha har bir urinish avval har ikki tomon federatsiyalari orqali tasdiqlanishi, shundan keyin esa FIFAga rasmiy ariza taqdim etilishi kerak bo'ladi.
FIFA ushbu islohot kelasi mavsumdan kuchga kirishiga umid qilmoqda.
Bunday yangilik tarafdorlaridan biri sifatida MLS ligasi tilga olinmoqda. Ular Evropa top-klublarining Shimoliy Amerikaga haddan tashqari ko'p tashrif buyurishini cheklashni istamoqda.
