logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning chempionlik imkoniyati 1 foizga tushdi

 25 APREL, 2026, 13:54

Agar tarixiy miqyosdagi mo''jiza ro'y bermasa, «Barselona» La Liga chempionlik unvonini himoya qilish arafasida turibdi.

Juma kuni Madridning «Real» klubi «Betis»ni mag'lub eta olmay (1:1), oltin medallar uchun bo'lgan so'nggi umidlarini deyarli yo'qqa chiqardi. Alvaro Arbeloa jamoasi o'yinning eng so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yubordi. Opta superkompyuterining baholashiga ko'ra, endilikda «qaymoqranglilar»ning chempion bo'lish ehtimoli bor-yo'g'i 1,2 foizni tashkil etmoqda. Tegishli ravishda, «Barsa»ning imkoniyatlari — 98,8 foiz.

Kataloniyaliklar turnir jadvalida madridliklardan sakkiz ochkoga oldinda bormoqda, biroq bugunning o'zida oradagi farqni 11 ochkoga etkazib qo'yishlari mumkin — buning uchun safarda «Xetafe»ni mag'lub etish talab etiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ