logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» APLdan braziliyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi

 25 APREL, 2026, 13:54

«Vulverxempton» yarim himoyachisi Joao Gomes faoliyatini Ispaniya chempionatining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Talksport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, braziliyalik futbolchini Madridning «Atletiko» klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ehtimoliy kelishuv summasi taxminan 46 million evroni tashkil qilishi mumkin. «Matraschilar» Gomesni Diego Simeone qo'l ostidagi jamoaning markaziy chizig'idagi asosiy figuralardan biri sifatida ko'rishmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli braziliyalik yarim himoyachi 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Gomes bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Joao to'qqiz bor sariq kartochka bilan jazolangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ