Jeyms Trafford «Manchester Yunayted» taklifini rad etdi
25 APREL, 2026, 13:42
«Manchester Siti»ning zaxira darvozaboni Jeyms Trafford «Manchester Yunayted»ga o'tish niyatida emas. Bu haqda The Sun tabloidi jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, posbon boshqa Evropa chempionatiga ko'chib o'tishni o'zi uchun ustuvor vazifa deb biladi. Matbuotda ingliz futbolchisining xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Trafford o'yin amaliyoti etishmayotgani sababli hozirgi klubini tark etishga tayyor. Jeyms asosiy tarkib uchun kurashda yulduzli italiyalik Djanluiji Donnarummaga imkoniyatni boy bermoqda.
Joriy mavsumda u 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning ettitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
