logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» APLning eng yaxshi to'purarlaridan biriga xaridor bo'lmoqda

 25 APREL, 2026, 13:36

«Milan» klubi «Brentford» safida to'p surayotgan braziliyalik markaziy hujumchi Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «rossonerilar» rahbariyati yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirilishi lozim bo'lgan asosiy nuqta deb hisoblamoqda. Tyago esa potentsial variantlardan biri sifatida allaqachon sotib olinishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan.

24 yoshli hujumchi joriy mavsumda yuqori natijadorlik ko'rsatmoqda. «Brentford» safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushgan Tyago 24 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi to'purarlar poygasida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolanddan uchta to'pga ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali Tyagoning bahosini 50 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ