logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jo Koul: «Xabi Alonso — g'olib murabbiy, ammo u «Chelsi»ga kelmasa kerak»

 25 APREL, 2026, 13:30

Londonning «Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Jo Koul Liam Rosenor iste'foga chiqarilganidan keyin «ko'klar»ni kim boshqarishi kerakligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Yaqinda ingliz mutaxassisi «Chelsi»ning Angliya chempionatidagi beshta o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyasidan so'ng o'z lavozimidan ozod etilgan edi.

Koulning so'zlariga ko'ra, ingliz klubida ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

«U katta klublar nima ekanligini tushunadi. U — g'olib. Ammo afsuslanarli jihati shundaki, Xabi Alonso «Chelsi»ning taklifini umuman ko'rib chiqishiga ko'zim etmaydi», — deya ekspertning so'zlarini keltiradi Paddy Power.

44 yoshli Alonso 2026 yilning yanvaridan beri ishsiz yuribdi. Ispaniyalik mutaxassisning oxirgi klubi Madridning «Real»i bo'lgan edi. Shuningdek, u Leverkuzenning «Bayer» jamoasini ham boshqargan va ular bilan Germaniya chempioni degan nomga sazovor bo'lgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ