logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» sobiq himoyachisi Ronaldu bilan o'tgan yillarini xotirladi

 25 APREL, 2026, 13:12

«Yuventus»ning sobiq himoyachisi Mattia de Shilo Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o'ynagan kezlarini yodga oldi.

Italiyalik futbolchi 2017 yildan 2025 yilgacha «byankoneri»ga tegishli bo'lib, vaqti-vaqti bilan ijarada to'p surgan. Portugaliyalik hujumchi esa 2018 yildan 2021 yilgacha Turin klubi sharafini himoya qilgan.

«Ronalduni ko'rganingizda, bunday futbolchining o'yinini kuzatish imkoniyati hayotda faqat bir marta berilishini darhol tushunasiz. U kiyinish xonasidagi barchaga muqarrar ravishda ta'sir o'tkazadi va umumiy mezonni (plankani) baland ko'taradi. Agar unga etishib olishni istasangiz, 200 foiz kuch bilan ishlashingiz kerak bo'ladi. Krishtianu — o'z ishiga sodiqlik va professionallik namunasi, shu bilan birga, shaxsiy suhbatda doimo ijobiy kayfiyatda bo'ladi, hazillashishni yaxshi ko'radi.

Unga qarshi o'ynash ham aql bovar qilmas — unutilmas tajriba edi. Uning «Real» safida «Yuventus»ga qarshi o'yinda chalqancha uslubda yo'llagan zarbasi — bu shunchaki o'zgacha voqea», — deya hozirda klubi yo'q bo'lgan de Shiloning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ