"Borussiya Dortmund" "Barselona" iqtidoriga da'vogar
25 APREL, 2026, 12:54
"Barselona" tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Sport nashri xabariga ko'ra, "Borussiya Dortmund" 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular yozda ushbu kelishuvni amalga oshirishga harakat qiladi.
Kasado hozirda Transfermarkt portalida 20 million evroga baholanmoqda. Uning shartnoma muddati 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Mark joriy mavsumida 30 ta o'yinda 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

