logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nigeriya terma jamoasi sobiq hujumchisi o'yin vaqtida vafot etdi

 25 APREL, 2026, 12:48

Nigeriya terma jamoasining sobiq a'zosi Maykl Eneramo 40 yoshida vafot etdi. Bu haqda Nigeriya futbol federatsiyasi (NFF) matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Ma'lum qilinishicha, ko'ngilsiz hodisa juma kuni ertalab Kaduna shahrida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi paytida yuz bergan. Futbolchi o'yinning ikkinchi bo'limi beshinchi daqiqasida to'satdan hushini yo'qotgan. Dastlabki tibbiy xulosalarga ko'ra, o'limga yurak xuruji sabab bo'lgan.

«Bu juda qayg'uli xabar. Hozirgi vaqtda so'z topish qiyin. Uning yaqinlariga va Nigeriya futbol jamoatchiligiga hamdardlik bildiramiz», — dedi federatsiya bosh kotibi Muhammad Sanusi.

Maykl Eneramo faoliyatining katta qismini Turkiya va Tunis klublarida o'tkazgan. Xususan, u Turkiyaning «Sivasspor», «Beshiktosh» va «Bashakshehir» kabi jamoalarida to'p surgan. Tunisning «Esperans» klubidagi sermahsul o'yinlari uchun muxlislar tomonidan «Tank» laqabini olgan edi.

Hujumchi Nigeriya terma jamoasi safida jami 10 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga gollar yozdirib qo'ygan. Eneramo 2009 yilda «Super burgutlar» safida debyut qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ