logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eddi Xirn: "Joshua Fyuri bilan jang uchun shartnoma imzoladi"

 25 APREL, 2026, 11:48

Britaniyalik promouter Eddi Xirn superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempionlari Entoni Joshua va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang nihoyat o'tkaziladigan bo'ldi.

Britaniyalik bokschilarning jang uchun shartnoma imzolagani malum bo'ldi.

"Entoni iyul oyida olovli jang o'tkazadi. Bu shunday raqib bo'ladiki, unga qarab kim bu deyishingiz dargumon bo'ladi. O'ylaymanki, bu tanlov tanqid qilinadi. Fyurining Mahmudov bilan jangi ham tanqid qilingandi, garchi fikrimcha, bu qaytish uchun juda mantiqiy raqib bo'lgan bo'lsada. Yaxshi yangilik shundaki, Tayson Fyuri bilan jang uchun shartnoma allaqachon imzolangan. Sizga faqat iyul oyida televizorni yoqish va o'sha 36 daqiqani boshdan kechirish qoladi, xolos", - dedi Xirn.

Eslatib o'tamiz, 12 aprel kuni Londonda katta boksga qaytgan Tayson Fyuri rossiyalik Arslanbek Mahmudovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan va shundan so'ng Joshuaga "vyzov" tashlagandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ