Kerrik Yoro va Dorguning holati haqida gapirib berdi
25 APREL, 2026, 09:36
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premer-ligasining 34-turidan o'rin olgan «Brentford»ga qarshi bahs oldidan himoyachilar Leni Yoro va Patrik Dorguning hozirgi holati haqida to'xtalib o'tdi.
«To'g'risini aytsam, hammasi avvalgidek joyida. O'tgan o'yindan keyin ba'zi futbolchilarda kichik lat eyishlar bor edi, bu kutilgan holat. Patrik Dorgu safga qaytish ustida ishlamoqda. Bu borada unda yaxshi o'sish bor, u jamoa bilan mashg'ulotlarga yaqinlashib qoldi, bu xushxabar. Leni Yoroni tiklash bo'yicha ishlar ham davom etmoqda. Ehtimol, u tez orada maydonga qaytar, lekin hozircha bunga to'liq ishonch yo'q», — deya Kerrikning so'zlarini keltiradi mankunianliklar rasmiy sayti.
