Arbeloa «Real» boshqaruvidagi o'yinlarning 60 foizida g'alaba qozondi
25 APREL, 2026, 08:24
Madridliklar La Liganing 32-turida «Betis» bilan durang o'ynashdi — 1:1.
Bu «qaymoqranglilar»ning ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi 23-o'yini bo'ldi. Ushbu davr mobaynida jamoa 14 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etdi.

«Real» 3 may kuni «Espanol» bilan, 10 mayda esa «Barselona» bilan to'qnash keladi.
