logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A seriya. «Napoli» «Kremoneze»ni yirik hisobda mag'lub etdi. Kevin De Bryoyne gol va assist qayd etdi (videosharh)

 25 APREL, 2026, 06:34

Italiya A Seriyasi 2025/2026 yilgi mavsumining 34-turidan o'rin olgan «Napoli» — «Kremoneze» uchrashuvi Neapoldagi «Diego Armando Maradona» stadionida bo'lib o'tdi. Bahs mezbonlarning 4:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindagi ilk golni 3-daqiqada «Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominey kiritdi. 45-daqiqada «Kremoneze» himoyachisi Filippo Terrachchano o'z darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim so'nggida, 45+3-daqiqada Kevin De Bryoyne hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Ikkinchi bo'limda esa 52-daqiqada hujumchi Alisson Santos neapolliklarning to'rtinchi golini urdi. 83-daqiqada Skott Maktominey penaltini aniq amalga oshira olmadi.

«Kremoneze» Italiya chempionati turnir jadvalida 34 uchrashuvdan so'ng 28 ochko bilan 17-o'rinni egallab turibdi. «Napoli» esa 69 ochko bilan ikkinchi pog'onada joylashgan.

Italiya — A Seriyasi, 34-tur
24 aprel 2026 yil, juma
«Napoli» — «Kremoneze» 4:0
Gollar: Maktominey, 3 (1:0), Terrachchano, 45 (avtogol, 2:0), De Bryoyne, 45+3 (3:0), Santos, 52 (4:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ