logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La liga. «Real» «Betis»ga qarshi bahsda 90+4-daqiqada g'alabani qo'ldan chiqardi (videosharh)

 25 APREL, 2026, 06:12

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 32-turidan o'rin olgan «Betis» — «Real» uchrashuvi yakuniga etdi. Sevilyadagi «Olimpiko de Sevilya — La Kartuxa» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

O'yinning 17-daqiqasida “Qirollik klubi” hujumchisi Vinisius Junior hisobni ochdi. Shundan so'ng har ikki jamoa gol urish uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Jumladan, "Real" darvozaboni Andrey Lunin va mezbonlar posboni kamida 3 tadan vaziyatda seyv namoyish etishdi. Mbappe ikkinchi bo'limda jamoasining ikkinchi golini urgandi, ammo kichik ofsayd tufayli gol inobatga olinmadi.

90+4-daqiqada esa mezbonlar deyarli xavf kutilmagan vaziyatdan gol urib ketishdi. Antoni raqib jarima maydoni ichida Ferlan Mendidan to'pni olib qo'yib, darvozabon maydoniga uzatma berdi. Ryudiger qaytargan to'pni "Betis" himoyachisi Ektor Belerin darvozaga joylab qo'ydi.

Shu tariqa, "Real" juda muhim bo'lgan 2 ochkodan mahrum bo'ldi va «Real» esa 74 ochko bilan ikkinchi pog'onani egallab turibdi. «Betis» esa ushbu durang tufayli o'z ochkolarini 50 taga etkazib, o'zi egallab turgan 5-pog'onani mustahkamladi.

Keyingi turda Manuel Pellegrini shogirdlari 3 may kuni «Ovedo»ga qarshi maydonga tushadi. Alvaro Arbeloa boshchiligidagi «Real» esa shu kuni «Espanol» bilan kuch sinashadi.

Ispaniya — La Liga, 32-tur
24 aprel 2026 yil, juma
«Betis» — «Real Madrid» 1:1
Gollar: Vinisius Junior, 17 (0:1), Ektor Belerin, 90+4 (1:1).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ