logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tennisda navbatdagi legioner — ukrainalik 17 yoshli tennischi O'zbekiston sharafini himoya qiladi

 24 APREL, 2026, 20:48

Ukrainalik iqtidorli tennischi endilikda O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda Tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“U o'z avlodining eng kuchli vakillaridan biri hisoblanadi va o'smirlar o'rtasida yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Ayni paytda tennischi ITF o'smirlar jahon reytingida 13-o'rinni egallab turibdi”, deyiladi xabarda. Hozirgi kunda Nikita Belozertsev Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turnirlarida ishtirok etmoqda, shuningdek, ATP seriyasidagi musobaqalarda ham O'zbekiston nomidan qatnashmoqda.

17 yoshli Nikita Belozertsev o'z sport fuqaroligini rasman o'zgartirdi. Sportchining ushbu qaroriga o'tgan yili yuz bergan mojarolar sabab bo'lgani aytilmoqda. Belozertsev ukrain tilida intervyu berishni rad etgani uchun o'z vatandoshlari tomonidan keskin tanqid qilingan edi.

Xususan, 2025 yilgi “Uimbldon” turniri vaqtida uning murabbiyi Stefan Pantov matbuot bilan ishlash bo'yicha qat'iy tartib joriy qilgan – intervyular faqat ingliz yoki rus tillarida berilishi shart qilib qo'yilgan. Natijada ukrainalik jurnalistlar Belozertsev bilan muloqot qilishdan butunlay bosh tortgan.

Shundan so'ng, sportchi faoliyatini davom ettirish borasida bir nechta variantni ko'rib chiqqan. Jumladan, u Bolgariya tennis federatsiyasi bilan jiddiy muzokaralar olib borgan, biroq moliyaviy shartlar yuzasidan kelishuvga erishilmagan. Tennischining vakillari Qozog'iston bilan ham ushbu masalani muhokama qilgan, ammo yakunda tanlov O'zbekiston foydasiga amalga oshirilgan.

Avvalroq O'zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi Kamilla Rahimova mamlakat sport fuqaroligini qabul qilish jarayoni qanday kechgani haqida aytib o'tgan edi. Sportchi e'tibor va qo'llab-quvvatlash ortgani, mamlakatning birinchi raketkasi maqomi ko'proq diqqatni tortayotganini ta'kidlab, bu rad etib bo'lmaydigan foydali taklif bo'lganini ma'lum qilgan edi.

“O'zbekiston men uchun begona davlat emas. Onam u erdan, u taxminan 25 yilcha O'zbekistonda yashagan, buvim va bobom ham O'zbekistonda. Bolaligimda u erga tez-tez borardim, ko'p vaqtimni o'sha erda o'tkazganman. Shu sababli ham rozi bo'ldim”, degan edi Rahimova.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Belozertsev ATP reytingida 776-o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 36 ochko mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ