logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» xo'jayini jamoa futbolchisini yo'qotishga qaror qildi

 24 APREL, 2026, 19:00

«Manchester Yunayted»ning minoritar xo'jayini Djim Retkliff, manbalarning xabariga ko'ra, 25 yoshli urugvaylik yarim himoyachi Manuel Ugarteni sotib yuborishni talab qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining taqdiri borasidagi bu qaror «MYu»ning o'z maydonida «Lids»ga mag'lub bo'lgan (1:2) o'yinidan so'ng qabul qilingan.

Retkliff ushbu uchrashuvda Ugartening o'yinidan shu qadar hafsalasi pir bo'lganki, endi u futbolchidan tezroq qutulishni talab qilmoqda. Vaholanki, urugvaylik futbolchi atigi ikki mavsum avval «PSJ»dan 51 million funt evaziga sotib olingan edi.

Joriy mavsumda Ugarte klub safida 24 ta o'yinda maydonga tushdi. Urugvaylik yarim himoyachi birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ