logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» «PSJ» vingerlaridan birini qo'lga kiritmoqchi

 24 APREL, 2026, 19:00

«Liverpul» shu yozda yuqori saviyali vinger sotib olish niyatida. Klub Muhammad Saloh ketganidan keyin tarkibda yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jurnalist Devid Linchning ta'kidlashicha, mersisaydliklar yangi vinger nomzodini «PSJ»ning uch nafar futbolchisi orasidan tanlamoqda. Ular Bredli Barkolya, Dezire Due va Xvicha Kvaratsxeliyani kuzatib borishmoqda. Agar ushbu o'yinchilardan biri transferga qo'yilsa, klub faol harakat boshlashga tayyor.

Avvalroq Frantsiya matbuoti «PSJ» boshqa chiziqlarga yangi futbolchilarni sotib olish maqsadida o'z hujum chizig'i yulduzlaridan birini sotishga rozi bo'lishi haqida yozgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ