Arbeloa bilan janjallashgan yulduz tarkibdan chetlatildi
24 APREL, 2026, 18:54
«Real Madrid» La Liga doirasidagi «Betis»ga qarshi juma kungi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi. Ro'yxatda nafaqat sog'lig'ida muammosi bo'lgan Orelen Tchuameni, balki Dani Sebalos ham yo'qligi ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Migel Anxel Diasning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, shu haftada Dani Sebalos va Alvaro Arbeloa o'rtasida keskin ziddiyat yuzaga kelgan. Ushbu mojarodan so'ng «Real» bosh murabbiyi Sebalosni «texnik sabablarga ko'ra» o'yin qaydnomasiga kiritmaslikka qaror qilgan.
Hatto Dani Sebalos ushbu mavsumda boshqa «Real» qaydnomasidan joy olmasligi ehtimoli ham bor. Eslatib o'tamiz, «Real» La Liga turnir jadvalida «Barselona»dan to'qqiz ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
