logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

AS: Mourino «Benfika»dan «Real» uchun ketishi mumkin, shartnomada maxsus band bor

 24 APREL, 2026, 18:48

Joze Mourino yana «Real» bosh murabbiyligiga qaytishga tayyor. Bu haqda juma kuni AS nashri sahifalarida e'lon qilingan maqolada aytib o'tildi.

«Mourinoning o'zi «Real»ga qaytish g'oyasiga ijobiy qaraydi. Hozirda u bor e'tiborini «Benfika»ga qaratgan, biroq Madriddan bo'ladigan qo'ng'iroq hamma narsani o'zgartirib yuborishi mumkin», — deyiladi materialda.

Manbaning qayd etishicha, Mourinoning «Benfika» bilan shartnomasida maxsus band bor: unga ko'ra, murabbiy mavsumning so'nggi o'yinidan keyingi 10 kun ichida klubni tekinga tark etishi mumkin. Agar «Real» biroz kechroq murojaat qilsa ham, bu katta muammo tug'dirmaydi, chunki tovon puli ramziy miqdorda belgilangan.

Joze Mourino 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan. 2011/2012 yilgi mavsumda «qaymoqranglilar» La Ligada 121 ta gol urishgan edi. Ushbu rekord hozirgacha yangilanmay kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ