logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yulduz futbolchilar jarohatdan qo'rqib, klub o'yinlarida maydonga tushishni istashmayapti

 24 APREL, 2026, 18:48

Taniqli jurnalist Romen Molina ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ba'zi futbolchilar mavsum yakunidagi turnir jadvali jihatidan hech narsani hal qilmaydigan o'yinlarda ishtirok etishdan qochishga harakat qilishlari haqida yozdi.

«Jahon chempionati yaqinlashgani sayin, ba'zi o'yinchilar, agar musobaqada hech qanday jiddiy maqsad qolmagan bo'lsa, chempionatning so'nggi bahslarida qatnashmaslikka intilishadi. Parda ortida ko'pchilikni jarohat olish xavfi xavotirga solmoqda», — deb yozadi Molina.

Jurnalist o'z fikrini asoslash uchun Serj Gnabri va Lamin Yamal misollarini keltirib o'tdi. Ma'lumki, Gnabri jarohati sababli Germaniya terma jamoasi safida mundialda ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Yamal esa klub mavsumining qolgan qismini o'tkazib yuborsa-da, Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasiga yordam berishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ