logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» APLda jon saqlab qolish uchun psixolog qidirmoqda

 24 APREL, 2026, 18:42

APLdan tushib ketmaslik harakatida bo'lgan Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati nostandart choralarga qo'l urishga tayyor. Sky Sports xabariga ko'ra, gap jamoa futbolchilari uchun psixolog qidirish haqida ketmoqda.

Tegishli ish e'loni allaqachon ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Hozircha «shporlar»ning yangi ustozi Roberto de Dzerbi boshqaruvidagi ikki o'yinda jamoa atigi bir ochko jamg'ardi.

Chempionat yakuniga beshta tur qolganida, «Tottenxem» hamon xavfli hududda — 18-o'rinda bo bormoqda. Shanba kuni «Tottenxem» safarda APLdan tushib ketishi allaqachon rasman aniq bo'lgan «Vulverxempton»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ