logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Benfika» o'yinchisi Prestianni Vinisiusni haqorat qilgani uchun diskvalifikatsiya qilindi

 24 APREL, 2026, 18:24

Lissabonning «Benfika» klubi vingeri Janluka Prestianni Chempionlar ligasida «Real Madrid» klubiga qarshi o'yinda diskriminatsion xatti-harakat qilgani uchun jazolandi.

Hodisa 17 fevral kuni Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk o'tish o'yinida sodir bo'lgan. Unda ispan klubi 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Xabar qilinishicha, argentinalik futbolchi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior sha'niga haqoratli so'z aytgan.

UEFAning Nazorat, etika va intizom qo'mitasi Prestiannini «diskriminatsion xulq-atvor» uchun olti o'yinga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror chiqardi.

Shundan uchta o'yinni futbolchi darhol o'tkazib yuboradi (bu muddatga avval berilgan vaqtinchalik diskvalifikatsiya ham kiritilgan), yana uchta o'yin esa shartli hisoblanadi va ikki yil ichida qoidabuzarlik takrorlansa, kuchga kiradi.

Shuningdek, UEFA FIFAga ushbu jazoni o'z tasarrufidagi barcha musobaqalarga ham tatbiq etish bo'yicha so'rov yuborgan. Shu tariqa, Prestianni nafaqat Chempionlar ligasi o'yinlarini, balki ichki va xalqaro darajadagi boshqa uchrashuvlarni ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ