Hikara Nakamura: “Sindarov yutqazdi...”
24 APREL, 2026, 17:16
Kecha Javohir Sindarov Kibersport bo'yicha jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi turnirning ilk saralash bosqichidayoq yutqazib, musobaqani tark etgandi."Nomzodlar turniri" g'olibining bu kutilmagan mag'lubiyatiga dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura o'z fikrini bildirdi.
“Biror o'yinchi yaxshi natija ko'rsatdi degani u darhol hammani engishni boshlaydi degani emas. Sindarov ham hozir qiyinchilikka duch kelmoqda. Dubovga 0:3 hisobida yutqazdi, Maksim Vashe-Lagrvaga ham mag'lub bo'ldi. Lekin bu uning kuchsizligini anglatmaydi, bu shunchaki omadsiz turnir, xolos”.
Hikaru yana qo'shimcha qildi:
“Gukeshga qarshi matchgacha ham hali ko'p vaqt bor, shuning uchun hozircha keskin xulosalar qilishga hojat yo'q. SHuni unutmaslik kerak-ki, hammada pasayish bo'ladi. Agar sizning ismingiz Magnus Karlsen bo'lmasa, yo'lingiz faqat g'alabalardan iborat bo'lmaydi. Qiyinchiliklar bo'lishi tabiiy”.

Manba: olamsport.com
